
"Adidas" kompaniyasi 2001 yildan beri ECHLning rasmiy hamkori bo'lib kelmoqda va shu vaqt ichida uchta chiziqli logotip turnirning ajralmas qismiga aylangan. Biroq The Atletic nashri xabar berishicha, UEFA daromadlarni oshirish maqsadida to'p etkazib beruvchisini o'zgartirish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Manba malumotlariga ko'ra, sport industriyasining bir qancha yirik kompaniyalari tenderda ishtirok etishga qiziqish bildirgan.
"Adidas" o'z shartnomasini saqlab qolishni rejalashtirmoqda, lekin uni jiddiy raqobat kutib turibdi. Asosiy davogarlar sifatida amerikaning "Nike" va Germaniyaning "Puma" kompaniyasi ko'rsatilmoqda.