
Mersisaydliklar francuz futbolchisini kelayotgan yozda 50 million evroga olishmoqchi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manba malumotlariga ko'ra, ingliz klubi "qaymoqranglilar" markaziy himoyachisi Din Xyoysenga ham qiziqish bildirmoqda. "Liverpul" o'tgan yozda "Bornmut"dan "Real"ga o'tgan o'yinchi uchun 70 million evro to'lashga tayyor. Takidlanishicha, "qirollik klubi" foydali taklif bo'lsa, Xyoysenni sotib yuborish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Joriy mavsumda Kamavinga barcha turnirlarda 31 o'yinda ishtirok etdi, unda 2 gol urdi va 1 golli uzatma berdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 50 million evro.