
Milan klubi ofisidagilarning fikricha, futbolchi jamoaga muvozanat olib kirishi va hujumkor futbolchilarga ko'proq erkinlik berishi mumkin. "Roma" Koneni qo'yib yuborish istagi bilan yonmayapti. Yarim himoyachi rimliklar bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga ega, bu esa klubga har qanday muzokaralarda mustahkam o'rin beradi.
Ammo moliyaviy feyr-pley talablari "Roma"ni iqtisodiy muvozanatni juda sinchkovlik bilan kuzatishga majbur qilmoqda. Manu Konening transfer summasi 50 mln evro atrofida bo'lishi mumkin.