Finalissima uy-safar tizimida o‘tkazilishi mumkin — manba

  • Mr.NoBoDy 14.03.2026 12:11
  • 258
  • 30

Argentina terma jamoasi Finalissima turnirini ikki o‘yindan iborat formatda o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda: birinchi uchrashuv Madridning “Real” klubi uy stadioni — “Santyago Bernabeu”da, ikkinchinchisi esa Buenos-Ayresdagi “Monumental” arenasida bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, ayni damda 27 mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Finalissima o‘tkaziladigan joy borasida noaniqlik saqlanib qolmoqda. Shuningdek, musobaqani Lissabon yoki London stadionlari qabul qilishi ehtimoli ham mavjud.

Dastlab mazkur bahs Qatarning “Lusail” stadionida o‘tkazilishi kerak edi. Biroq Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyat tufayli o‘yinni xavfsiz manzilda o‘tkazishga qaror qilindi.

2022 yilda Argentina Italiyani 3:0 hisobida mag‘lub etib, Finalissima g‘olibiga aylangan stadion — “Uembli” o‘sha kuni Angliya va Urugvay o‘rtasidagi o‘yin tufayli band bo‘ladi. Biroq Londonda o‘yinni qabul qila oladigan boshqa stadionlar mavjud.

Marokash ham rasmiy taklif kiritgan, biroq Ispaniya tomoni 2030 yilgi JCH mezbonligi bo‘yicha Portugaliya va Marokash bilan hamkorlik arizasidagi ichki kelishmovchiliklar sababli buni rad etgan. Mayami varianti esa “Hard Rok” stadionida o‘sha vaqtda tennis bo‘yicha “Mayami Open” turniri o‘tayotgani uchun ham ro‘yxatdan chiqarilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar