"Agar ochkolarni yo'qotsak, hamma narsa tugaydi". Gvardiola - "Vest Xem"ga qarshi o'yin haqida

  • Mr.NoBoDy 14.03.2026 08:48
  • 393
  • 30

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning 30-turida "Vest Xem"ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.

"Hozir navbat "Vest Xem"ga keldi. Premer-liga — eng qiyin chempionnat. Biz hali ham kurashdamiz va ochko yo'qotsak, hamma narsa tugashini tushunamiz. Men doim aytganimdek, oxirgi 10 o'yinda har bir jamoa biror narsa uchun kurashadi — qolish uchun, Evropa ligasi uchun, Konferenciya ligasi uchun, Chempionlar ligasi uchun yoki chempionlik uchun. Bu oddiy holat, har bir o'yin. Hozir ikkinchi imkoniyat bo'lmaydi", — dedi Gvardiola ESPN nashriga bergan intervyusida.  

"Manchester Siti" Angliya chempionatining 30-turida "Vest Xem" bilan "London" stadionida o'yin o'tkazadi. 29 turdan so'ng "shaharliklar" 60 ochko to'plab, ikkinchi o'rinni egallab turibdi va peshqadam "Arsenal"dan 7 ochko orqada, lekin Gvardiola jamoasining bitta o'yin zaxirasi bor.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar