David Vilya "Atletiko"ga qaytdi

  • Mr.NoBoDy 13.03.2026 15:08
  • 303
  • 30

Ispaniya terma jamoasi tarkibida 2010 yilgi Jahon chempionati g'olibi bo'lgan David Vilya Madridning "Atletiko" klubi direktorlar kengashi tarkibiga kirdi.

Bu haqda poytaxt klubining rasmiy sayti xabar qildi.

44 yoshli sobiq hujumchi "Atletiko" safida 2013/14 yilgi mavsumda to'p tepgan va jamoaga Ispaniya chempionligini qo'lga kiritishda yordam bergan.

Futbolchilik faoliyati davomida u "Sporting" Xixon, "Valensiya", "Barselona", "Nyu-York Siti", "Melburn Siti" va "Vissel Kobe" klublarida o'ynagan.

Vilya Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. U milliy jamoa safida 98 o'yin o'tkazib, 59 ta gol urgan. Terma tarkibida JCH-2010 va Evro-2012 musobaqalarida zafar quchgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar