Yamal mashg'ulotni o'tkazib yubordi. Tashvishlanishga sabab bormi?

  • Mr.NoBoDy 13.03.2026 16:00
  • 462
  • 30

"Barselona" Chempionlar Ligasi doirasidagi "Nyukasl"ga qarshi uchrashuvda (1:1) so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi, ammo shundan keyin klub lageridan xavotirli xabarlar keldi.

"Diario Sport" malumotiga ko'ra, Lamin Yamal 12 mart, payshanba kuni o'zini yomon his qilgani sabab jamoa mashg'ulotni o'tkazib yuborgan. Biroq u tez orada yaqinlashib kelayotgan o'yinga tayyorgarlikni boshlashi kutilmoqda.

"Barselona" 15 mart, yakshanba kuni La Liganing 28-turi doirasida "Sevilya"ni qabul qiladi.

Yamal joriy mavsum 37 o'yinda ishtirok etib, 20 ta gol urdi va 15 ta golli pas uzatdi. Shuningdek, u "Nyukasl"ga qarshi o'yinda ham gol urib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar