Ronaldu Portugaliya bosh murabbiyligiga o'z nomzodini taklif qildi

  • Mr.NoBoDy 13.03.2026 18:16
  • 101
  • 30

Portugaliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Shu bilan birga, jamoa yulduzi Krishtianu Ronaldu milliy jamoaga kimni bosh murabbiy sifatida ko'rishni istayotgani haqida malumotlar paydo bo'ldi.

"Topskills Sports UK" malumotlariga ko'ra, afsonaviy futbolchi terma jamoaga hozirda "Al Nassr"ni boshqarayotgan Jorje Jezushni bosh murabbiy etib tayinlashni taklif qilmoqda. Ronalduning fikricha, bu murabbiy jamoaga g'alabalarga erishishda yordam bera oladi.

Malum qilinishicha, Jorje Jezush JCH-2026'dan keyin Portugaliya terma jamoasini boshqarishga tayyor. Hozirda u Joze Mourinyu bilan bir qatorda nomzodlar ro'yxatida bor.

Hozirda Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi ispaniyalik Roberto Martines hisoblanadi.

Malumot o'rnida, Portugaliya JCH-2026 "K" guruhida O'zbekistonning raqibi sanaladi. Jamoalar 2-tur doirasida Xyustonda o'zaro to'qnash keladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar