
"Sun Sport" malumotlariga qaraganda, Zirkzee yanvar oyida uning transferiga to'sqinlik qilgan "qizil iblislar" rahbariyatidan juda norozi. Forvard Manchesterda rivojlanishi to'xtab qolgan deb hisoblamoqda va endi ingliz jamoasidan ketmoqchi.
Qizig'i shundaki, o'sha paytdagi bosh murabbiy Ruben Amorim hujumchini qo'yib yuborishga tayyor bo'lgan, ammo jamoada futbolchilar etishmasligi sababli kelishuv amalga oshmagan.
Yanvar oyida "qizil iblislar" Brayan Mbeumo va Amad Diallosiz qolgandi, chunki ular Afrika Millatlar Kubogi uchun terma jamoalariga yo'l olgan. Shu sababli klub hujum chizig'ini yanada zaiflashtirishga yo'l qo'ya olmagan.
Evropaning eng istiqbolli hujumchilaridan biri sifatida "Bolonya"dan kelgan Zirkzee Premer-liga talablariga moslashishda qiyinchilikka duch keldi. Niderlandiyalik forvard ushbu mavsum MYU libosida 2 ta gol urib, 1 ta golga assistentlik qildi.