
"Bugun O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati Yangi Toshkent stadionida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. O'FA birinchi-vice-prezidenti Ravshan Ermatov Yangi Toshkent stadioni quruvchilari bilan uchrashib, ish jarayonlarini o'rgandi. Qurilishda birinchi navbatda sifat, xavfsizlik va qulaylik masalalariga jiddiy etibor qaratish zarurligi takidlandi. Masullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.
Ushbu stadion FIFAning barcha talablarini bajara olishi va jahon standartlariga to'liq mos kelishi bilan ajralib turadi. Shuningdek, u xalqaro musobaqalarni yuqori sifatda mezbonlik qilish imkonini beradi hamda futbolchilar va muxlislar uchun qulay sharoitlarni yaratadi", – deyiladi O'FA matbuot xizmati xabarida.



