
Bu haqda Britaniyaning "The Sun" nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, tomonlar francuz futbolchisining Angliya Premer-ligasi klubiga ehtimoliy transferini muhokama qilgan. Dembelening Parij klubi bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha amal qilishiga qaramay, uni uzaytirish bo'yicha muzokaralar oson kechmayapti — tomonlar hozircha kelishuvga erisha olmayapti.
Dembele 2023 yilda 50 mln evro evaziga "Barselona"dan PSJga o'tgandi. 28 yoshli futbolchi joriy mavsum Parij klubi safida barcha musobaqalarda 25 o'yin o'tkazib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali malumotiga ko'ra, futbolchining hozirgi transfer qiymati taxminan 100 mln evroni tashkil etadi.