
- O'tgan yil ikkinchi davrada jamoangiz ancha ishonchli harakat qilib, ko'p o'yinlarda ustunlik qilgandi. Qishki tanaffusda Pletnyov va Ratino jamoani tark etdi. Nahotki, bu ikki yo'qotish jamoa o'yiniga shunchalik tasir qilgan bo'lsa?
- Gap shundaki, maydon markazidagi o'yinchilarni yo'qotish har doim jamoaga tasir qiladi. Eskilarning bir gapi bor: menga o'rtadagi o'yinchilarni ayt, men senga jamoang qandayligini aytaman. Buni men o'ylab topmaganman. Yangilar hozircha bizni qoniqtirmayapti. Qishki yig'inda umuman boshqa futbolchilar edi, hozir esa umuman boshqa. Bazan o'zim o'yinchilarni taniy olmayapman. Bu nima bog'liq bilmayman. Mana siz mashg'ulot o'tkazish uchun maydon yo'q deyapsiz, ishonasizmi, kecha zalda shug'ullandik. Yana nima deyishim mumkin.

Samarqandliklar ustozi ishtirokidagi matbuot anjumani bilan to'liq tanishib chiqish uchun ushbu havolaga o'ting.