
Klub hozircha sardor bilan tuzilgan yangi kelishuv haqida rasman malumot bermadi.
Yangi shartnoma 2032 yil yozigacha mo'ljallangan. Himoyachining "ko'klar" bilan avvalgi kelishuvi 2028 yilning o'rtalariga qadar amal qilardi.

Jeymsning so'nggi shartnomasi amaldagi klub egalari davrida uzaytirilgan bo'lsa-da, u haligacha shartnomasi eski shartlar asosida amal qilgan so'nggi futbolchi bo'lib qolgan edi. Yangi shartnoma 2022 yil may oyida klub tomonidan qabul qilingan maosh tizimiga mos keladi.
26 yoshli Jeyms ushbu mavsum "Chelsi" safida 35 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U "ko'klar" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lib, 6 yoshidan beri klub tizimida o'ynab keladi.