MYUning yozdagi transferlar rejasi malum

  • Mr.NoBoDy 06.03.2026 09:00
  • 482
  • 30

"Manchester Yunayted" transfer maqsadlari haqida The United Stand strimida insayder Ben Jeykobs malumot berdi.

Uning malumotlariga ko'ra, MYU Sandro Tonalini qo'lga kiritishga harakat qilmoqchi, lekin italiyalik futbolchi Italiyaga qaytmoqchi.

Jeykobsning ishonchi komilki, manchesterlik jamoa yozda chap qanot hujumchisini sotib oladi. Eng ustuvor maqsadlardan biri — "RB Leypcig"dan Yan Diomande. MYU bu poziciyani kuchaytirish uchun katta pul sarflashi mumkin.

Bundan tashqari, "Yunayted" "Borussiya" Dortmund himoyachisi Yulian Ryuersonni kuzatmoqda. Klubga Elliot Anderson ham qiziq, ammo "Nottingem Forest" hali uning narxini belgilamagan va uni arzonga sotmoqchi emas.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar