Musso Rafinyaning "o'g'rilik" haqidagi gaplariga javob qaytardi: "Ularga 3 ta penalti va 4 ta qizil berilmagandek gapirishyapti"

  • Mr.NoBoDy 15.04.2026 14:40
  • 206
  • 30

Madridning "Atletiko" klubi posboni Xuan Musso YCHLdan chiqib ketgan "Barselona" vingeri Rafinyaning hakamlik borasidagi tanqidlariga munosabat bildirdi.

Eslatib o'tamiz, jarohati sababli javob o'yinini o'tkazib yuborgan Rafinya ijtimoiy tarmoqlarda hakam Kleman Tyurpenning ishini keskin qoralab, buni "o'g'rilik" deb atagan edi.

"Go'yoki ularning darvozasiga uchta penalti belgilanmagan va to'rtta qizil kartochka berilmagandek gapirishyapti. "O'g'rilik" haqida gapirish noo'rin.

Men Rafinya nimani nazarda tutayotganini tushunaman, boshqalarning fikrini ham hurmat qilaman, lekin keling, buni "o'g'rilik" deb atamaylik, chunki bu bilan hech kimga engil bo'lib qolmaydi. Biz maydonda g'alaba qozondik, ularni safarda 2:0 hisobida mag'lub etdik. Afsuski, futbolda "so'nggi umid foli" uchun qizil kartochka beriladi", - dedi Musso.

Ma'lumot uchun, "Atletiko" ikki o'yin natijasiga ko'ra (2:0, 1:2) kataloniyaliklarni musobaqadan chiqarib yubordi va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Musso esa javob bahsidagi harakatlari va bahsli vaziyatlardagi ishtiroki bilan o'yin markazida bo'ldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar