
"Bu "Barselona"ga top-darajadagi himoyachilar suv va havodek zarur. Biz tun bo'yi hakamlik haqida bahslashishimiz mumkin, lekin o'zimizga nisbatan tanqidiy qarashimiz ham kerak - jamoada yaxshilanishi lozim bo'lgan jihatlar juda ko'p. Agar hech narsa o'zgarmasa, yaqin o'n yil ichida ham shunday sharmandali holatlarni ko'rishda davom etamiz.
Yevropaning bunday muhim bahslarida yuqori himoya chizig'i (high line) bilan o'ynash vaziyatni juda qiyinlashtiradi. Men bu haqda ikki yildan beri gapirib kelyapman: bu "Barselona" hatto o'zi ustunlik qilayotgan vaqtda ham raqibga imkoniyatlar taqdim etadi. Shu sababli pley-off bosqichlaridan o'tish haddan tashqari mushkul bo'lib qolmoqda.
Yuqori barqarorlik bo'lmas ekan, biz bu darajada qolishga umid qilolmaymiz. Afsusdaman, lekin keyingi mavsumdayoq jamoaga elita darajasidagi markaziy himoyachilar kerak. Agar sizda bo'shliqlarni yopish uchun kerakli tezlik va chidamlilik bo'lmasa, siz o'zingizni haqiqiy dahshatga mahkum etasiz. Bu shunchaki omadsiz oqshom emas - bu tezkor echim talab qiladigan tizimli muammodir", - dedi Anri CBS efirida.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" javob uchrashuvida 2:1 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa-da, Erik Garsiyaning qizil kartochkasi va himoyadagi xatolar tufayli musobaqadagi yurishini to'xtatishga majbur bo'ldi.