
Superliga
2-tur
18:45. "Qo'qon-1912" – "Paxtakor" 0:2 LIVE
04.03.2026
Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev
Yordamchi hakamlar: Rasul Fozilov, Maksim Nechoxin
Zahira hakami: Umid Rahimjonov
Nazoratchi: Oleg Dachev
VAR: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Ziyodullo Abdurahmonov
Komissar: Sherzod Rajabov
Gol: Doston Hamdamov (Sardor Sobirxo'jaev) 49, 0:1, Pyotr Pajishek 56, 0:2
"Qo'qon-1912": 13. Azizxon Isaqov, 4. Asliddin Toshtemirov, 5. Jasurbek Yoqubov, 6. Alisher Salimov, 7. Javohir Sidiqov, 10. Shoxruh Gadoev, 19. Shahzod Akramov, 20. Iqbol Malikjonov, 21. G'ulom-Haydar Gulyamov, 22. Toma Tabatadze, 99. Muhammadanas Hasanov
Zaxira: 1. Rustam Nartajiev, 8. Shota Gvazava, 9. Javohir Husanov, 11. Silvanus Nimeli, 15. Zafar Hakimov, 17. Farhodjon Sohibjonov, 18. Muhriddin Pazildinov, 44. Andro Giorgadze, 69. Egor Kondratyuk
"Paxtakor": 12. Vladimir Nazarov, 4. Zaid Tahsin, 7. Xojiakbar Alijonov, 9. Ibrohim Ibragimov, 10. Akmal Mozgovoy, 14. Rustam Turdimurodov (19. Pyotr Pajishek,46), 21. Bashar Resan (17. Dostonbek Hamdamov,46), 27. Sardor Sobirxo'jaev, 34. Sherzod Nasrullaev, 55. Muhammadrasul Abdumajidov, 77. Oybek Bozorov
Zaxira: 35. Sanjar Quvvatov, 3. Shahzod Azmiddinov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 8. Dilshod Saitov, 11. Hojimat Erkinov, 23. Abdurauf Bo'riev, 50. Flamarion
Ogohlantirish: Alisher Salimov ("Qo'qon-1912") 10
YANGILASH
56. GOL. Toshkentdagi scenariy Qo'qonda takrorlanmoqda. Tojievning zaxira qurollaridan biri Pajishek o'yindagi ikkinchi golni urdi.
52. "Paxtakor" yana raqib jarima maydonchasi ichida keskinlik yaratib ko'rdi. Himoyachilar to'pni qaytardi.
49. GOL. Zaxiradan maydonga tushgan Dostonbek Hamdamov mezbonlar darvozasini ishg'ol qildi. Sobirxo'jaev juda aqqli harakat bilan to'pni Hamdamovga qoldirdi, u esa aniq zarba bilan gol urdi.
46. O'ZGARISH. "Paxtakor", Rustam Turdimurodov o'rniga Pyotr Pajishek, Bashar Resan o'rniga Doston Hamdamov tushdi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45. Tanaffus!
43. ZARBA. "Qo'qon-1912" jarima zarbasini amalga oshirdi, rekoshet orqali darvozaga borgan to'pni "Paxtakor" posboni Vladimir Nazarov qaytardi. Zarbani Gulyamov yo'llagandi.
34. O'yin biroz tezlashdi. Yomg'ir tinib qolay deyapti.
30. "Sherlar" raqibi darvozasi oldida keskinlik uyushtirdi. Mozgovoyning qoldirgan to'pini Turdimurodov darvozaga yo'llay olmadi, qaytgan to'pni Nasrullaev tepdi, uni himoyachilar qaytardi.
25. "Paxtakor" hujum tashkil qildi, lekin Turdimurodov o'yindan tashqari holatda qolgan edi.
19. Gadoev katta tezlikda oldinga o'tmoqchi edi. Mozgovoy to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.
17. Mezbonlar burchak zarbasini amalga oshirdi. "Paxtakor" vakillari bu vaziyatda to'g'ri o'ynashdi.
10. Ogohlantirish. Alisher Salimov Oybek Bozorovga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka bilan jazolandi.
3. Qo'qonda kuchli yomg'ir yog'moqda. Jamoalar qiynalyapti. To'p harakatlanishi sekin.
- O'yinga start berildi.
- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.
- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa tayyor