
Superliga
2-tur
18:45. "Qo'qon-1912" – "Paxtakor" 1:2 (TUGADI)
04.03.2026
Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev
Yordamchi hakamlar: Rasul Fozilov, Maksim Nechoxin
Zahira hakami: Umid Rahimjonov
Nazoratchi: Oleg Dachev
VAR: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Ziyodullo Abdurahmonov
Komissar: Sherzod Rajabov
Gol: Doston Hamdamov (Sardor Sobirxo'jaev) 49, 0:1, Pyotr Pajishek (Doston Hamdamov) 56, 0:2, Toma Tabatadze (penalti) 90+5, 1:2
"Qo'qon-1912": 13. Azizxon Isaqov, 4. Asliddin Toshtemirov, 5. Jasurbek Yoqubov, 6. Alisher Salimov, 7. Javohir Sidiqov ( 9. Javohir Husanov,56), 10. Shoxruh Gadoev (17. Farhodjon Sohibjonov,69), 19. Shahzod Akramov (15. Zafar Hakimov, 56), 20. Iqbol Malikjonov, 21. G'ulom-Haydar Gulyamov (11. Silvanus Nimeli,69), 22. Toma Tabatadze, 99. Muhammadanas Hasanov ( 69. Egor Kondratyuk, 56)
Zaxira: 1. Rustam Nartajiev, 8. Shota Gvazava, 18. Muhriddin Pazildinov, 44. Andro Giorgadze
"Paxtakor": 12. Vladimir Nazarov, 4. Zaid Tahsin, 7. Xojiakbar Alijonov, 9. Ibrohim Ibragimov (50. Flamarion,68) 10. Akmal Mozgovoy, 14. Rustam Turdimurodov (19. Pyotr Pajishek,46), 21. Bashar Resan (17. Dostonbek Hamdamov,46), 27. Sardor Sobirxo'jaev ( 23. Abdurauf Bo'riev, 80), 34. Sherzod Nasrullaev, 55. Muhammadrasul Abdumajidov, 77. Oybek Bozorov (11. Hojimat Erkinov, 68)
Zaxira: 35. Sanjar Quvvatov, 3. Shahzod Azmiddinov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 8. Dilshod Saitov
Ogohlantirish: Alisher Salimov ("Qo'qon-1912") 10
YANGILASH
Uchrashuv yakunlandi.
90+5. GOL. Toma Tabatadze 11 metrlik nuqtadan zarba yo'llashda adashmadi. Oxirgi daqiqalarda intriga qaytdi.
90+4. PENALTI. Tahinga sariq kartochka va "Paxtakor" darvozasiga penalti. Nimeli jarima maydonchasi ichida yiqitildi.
90+2. ZARBA. Malikjonovning zarbasini Nazarov qiyinchilik bilan qaytardi.
90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.
82. Flamariondan noaniq zarba.
80. O'ZGARISH. "Paxtakor", Sardor Sobirxo'jaev o'rniga Abdurauf Bo'riev tushdi.
75. G'ayrat Jo'raev o'yindan tashqari holat qayd etdi. Qizil bekor qilindi.
73. G'ayrat Jo'raevning o'zi VAR monitori oldiga ketdi.
73. VAR bu vaziyatni tekshirmoqda. Mezbonlar qulay nuqtada jarima zarbasi tepadi.
71. CHETLATISH. Muhammadrasul Abdumajidov qochib ketayotgan Tabatadzeni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi.
69. O'ZGARISH. "Qo'qon-1912", Gulyamov o'rniga Nimeli, Gadoev o'rniga Sohibjonov tushdi.
68. O'ZGARISH. "Paxtakor", Bozorov o'rniga Erkinov, Ibrohimov o'rniga Flamarion tushdi.
65. VAR penaltini tekshirdi, o'yin davom etadi. Hech narsa yo'q.
63. Qo'qonliklarning xatosidan so'ng mehmonlar yana raqibi jarima maydonchasida xavfli vaziyat yaratdi.
56. O'ZGARISH. "Qo'qon-1912", Muhammadanas Hasanov o'rniga Egor Kondratyuk, Shahzod Akramov o'rniga Zafar Hakimov, Javohir Sidiqov o'rniga Javohir Husanov tushdi.

56. GOL. Toshkentdagi scenariy Qo'qonda takrorlanmoqda. Tojievning zaxira qurollaridan biri Pajishek o'yindagi ikkinchi golni urdi.
52. "Paxtakor" yana raqib jarima maydonchasi ichida keskinlik yaratib ko'rdi. Himoyachilar to'pni qaytardi.
49. GOL. Zaxiradan maydonga tushgan Dostonbek Hamdamov mezbonlar darvozasini ishg'ol qildi. Sobirxo'jaev juda aqqli harakat bilan to'pni Hamdamovga qoldirdi, u esa aniq zarba bilan gol urdi.
46. O'ZGARISH. "Paxtakor", Rustam Turdimurodov o'rniga Pyotr Pajishek, Bashar Resan o'rniga Doston Hamdamov tushdi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45. Tanaffus!
43. ZARBA. "Qo'qon-1912" jarima zarbasini amalga oshirdi, rekoshet orqali darvozaga borgan to'pni "Paxtakor" posboni Vladimir Nazarov qaytardi. Zarbani Gulyamov yo'llagandi.
34. O'yin biroz tezlashdi. Yomg'ir tinib qolay deyapti.
30. "Sherlar" raqibi darvozasi oldida keskinlik uyushtirdi. Mozgovoyning qoldirgan to'pini Turdimurodov darvozaga yo'llay olmadi, qaytgan to'pni Nasrullaev tepdi, uni himoyachilar qaytardi.
25. "Paxtakor" hujum tashkil qildi, lekin Turdimurodov o'yindan tashqari holatda qolgan edi.
19. Gadoev katta tezlikda oldinga o'tmoqchi edi. Mozgovoy to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.
17. Mezbonlar burchak zarbasini amalga oshirdi. "Paxtakor" vakillari bu vaziyatda to'g'ri o'ynashdi.
10. Ogohlantirish. Alisher Salimov Oybek Bozorovga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka bilan jazolandi.


3. Qo'qonda kuchli yomg'ir yog'moqda. Jamoalar qiynalyapti. To'p harakatlanishi sekin.
- O'yinga start berildi.
- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.
- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa tayyor