A Seriya. "Atalanta" "Napoli"dan ustun keldi, "Milan" o'z maydonida "Parma"ga mag'lub bo'ldi, "Roma" esa yirik g'alabaga erishdi

  • Mr.NoBoDy 23.02.2026 02:48
  • 4420
  • 30

Italiya A Seriyasi 26-tur doirasidagi bir nechta o'yinlar bo'lib o'tdi.

A Seriya turnir jadvalida "Inter" 64 ochko bilan etakchilik qilmoqda. Undan keyin kelayotgan "Milan" hisobida 54 ochko bor. "Napoli" va "Roma" 50 ochkodan jamg'argan holda uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni band etgan. 


Sam Beukema 18-daqiqada gol urib, neapolliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo, "Atalanta" ikkinchi bo'limda vaziyatni o'zgartirdi. Mario Pashalich 61-daqiqada, Lazar Samarjich esa 81-daqiqada to'p kiritib, bergamoliklarning uch ochkoni qo'lga kiritishlariga yordam berdi.


Match-senterda ochish




"Milan" kutilmaganda o'z uyida "Parma"ga mag'lub bo'ldi. G'alaba golini argentinalik himoyachi Mariano Troilo 80-daqiqada urdi.


Match-senterda ochish




Rimliklar ikkinchi bo'limda "Kremoneze" darvozasiga uchta to'p kiritishdi. Gollarga Brayan Kristante (59-daqiqa), Evan Ndika (77) va Nikkolo Pisilli (86) mualliflik qildi.


Match-senterda ochish



Ўхшаш янгиликлар