"Lanati sharmandalik!" - "Real" vingeri Mastantuono hakamga aytgan so'zlari uchun 2 ta o'yinga chetlatildi

  • Mr.NoBoDy 04.03.2026 20:32
  • 365
  • 30

Madridning "Real" klubi vingeri Franko Mastantuono Ispaniya La Ligasi doirasidagi "Xetafe"ga qarshi kechgan bahsdagi (0:1) nomaqbul xulq-atvori sababli jiddiy jazoga tortildi.

Nima sodir bo'lgan edi?

Eslatib o'tamiz, uchrashuvning so'nggi daqiqalarida argentinalik futbolchi bosh hakam Alexandro Munisning qarorlariga keskin etiroz bildirgan. Mastantuono hakamga qarata bir necha bor:

"Bu qanday sharmandalik, qanday lanati sharmandalik!" degan so'zlarni ishlatgani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olib, maydondan chetlatilgan edi.

Tartib-intizom qo'mitasining qarori:

Ispaniya Qirollik futbol federaciyasi (RFEF) Tartib-intizom qo'mitasi vaziyatni ko'rib chiqib, argentinalik futbolchini ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilish bo'yicha qaror chiqardi.

Bundan tashqari, "Real"ning yana ikki himoyachisi — Din Xeysen va Alvaro Karreras ham sariq kartochkalar limiti to'lgani sababli bir o'yinga chetlatildi.

Shu tariqa, ushbu uchchala futbolchi ham 6 mart kuni "Selta"ga qarshi safar o'yinini o'tkazib yuboradi. Franko Mastantuono esa 14 mart kuni "Elche" bilan bo'lib o'tadigan uy uchrashuvida ham jamoasiga yordam bera olmaydi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar