AQSH U-20 terma jamoasi O'zbekistondagi xalqaro turnirga kelmaydigan bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 04.03.2026 19:48
  • 220
  • 30

Xabaringiz bor, shu kunlarda Toshkentdagi "Milliy futbol markazi"da O'zbekiston U-20, Yaponiya U-20 hamda AQSH U-20 terma jamoalari ishtirokida o'rtoqlik turniri o'tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Biroq, "Championat.asia" saytiga malum bo'lishicha, okeanorti vakillari ushbu musobaqadagi ishtirokini bekor qilgan.

AQSH Futbol Federaciyasi vakillari "Championat.asia" saytiga bergan malumotida AQSH U-20 terma jamoasining O'zbekistonga safari bekor qilinganini rasman tasdiqladi. Tashkilot bunga asosiy sabab sifatida "nobarqaror vaziyat"ni ko'rsatib o'tgan.

Musobaqa taqvimi qanday edi?

Avvalroq elon qilingan taqvimga ko'ra, AQSH yoshlari Toshkentdagi turnir doirasida ikkita o'yin o'tkazishi kerak edi:

28 mart, 15:00 — O'zbekiston U-20 – AQSH U-20

30 mart, 14:00 — Yaponiya U-20 – AQSH U-20

Hozircha O'zbekiston futbol associaciyasi (O'FA) ushbu turnir formati qanday o'zgarishi yoki musobaqada faqat O'zbekiston U-20 hamda Yaponiya U-20 terma jamoalari o'zaro maydonga tushishi haqida rasmiy bayonot bergani yo'q. Eslatib o'tamiz, vakillarimizning kunchiqar yurt vakillariga qarshi bahsi 25 mart kuni soat 15:00 ga belgilangan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar