"Barselona"ning ikki asosiy himoyachisi jarohat olib, safdan chiqdi

  • Mr.NoBoDy 04.03.2026 18:48
  • 1034
  • 30

"Barselona" klubi matbuot xizmati jamoaning asosiy himoyachilari Aleks Balde va Jyul Kundening sog'lig'i borasidagi tibbiy tekshiruv natijalarini elon qildi.

Eslatib o'tamiz, har ikki futbolchi ham Ispaniya Kubogi doirasidagi **"Atletiko"**ga qarshi kechgan va kataloniyaliklarning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan o'yinda jarohat olib, maydonni erta tark etishga majbur bo'lishgan edi.

Tiklanish muddatlari va tibbiy xulosa:

Klubning rasmiy bayonotida futbolchilarning holatiga quyidagicha izoh berilgan:

"Aleks Baldening son mushagi distal qismida jarohat bor. Uning to'liq tiklanish jarayoni taxminan 4 hafta vaqtni oladi.

Jyul Kundeda esa son mushagining o'rta qismida jarohat aniqlangan. Uning maydonga qaytish imkoniyati tiklanish jarayonining qanday kechishiga bog'liq bo'ladi".

Garchi kataloniyaliklar franciyalik himoyachining aniq qachon safga qaytishini malum qilmagan bo'lsa-da, mashhur futbol insayderi Fabricio Romano Kundening tiklanishi uchun ham kamida "bir necha hafta" kerak bo'lishini takidlab o'tdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar