"Bu ikki karra alamli" - Slot "Vulverxempton"dan uchralgan mag'lubiyat sabablarini tushuntirdi

  • Mr.NoBoDy 04.03.2026 11:48
  • 348
  • 30

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premer-ligasining 29-turi doirasida "Vulverxempton"ga (1:2) qarshi kechgan o'yindagi mag'lubiyatdan hafsalasi pir bo'lganini yashirmadi.

Niderlandiyalik mutaxassis jamoasining vaziyatlardan foydalanishdagi muammolarini takidlab o'tdi.

O'yin haqida va o'tkazib yuborilgan gollar:

Slotning fikricha, mersisaydliklar g'alabani ilib ketish uchun etarlicha imkoniyatlarga ega bo'lgan:

"Yomon natija. Birinchi bo'limdagi o'yinimiz yaxshi deyishdan juda uzoq edi, ikkinchi bo'limda esa biroz faolroq harakat qildik. Biz golga tobora yaqinlashib borayotgandik, lekin raqib ilk bor jarima maydonchamizga kirib kelganidayoq gol o'tkazib yubordik.

Biz bunga tezda javob qaytardik va g'alaba to'pini kiritishga ikki marta juda yaqin keldik. Biroq yakunda rikoshetdan so'ng gol o'tkazib yubordik — aslida u erda tayinli xavfli vaziyatning o'zi yo'q edi".

Gol urishdagi muammolar:

Murabbiy jamoasining hujumlarni yakunlashdagi oqsoqligiga alohida to'xtaldi:

"Gol urish uchun qanchalik ko'p mehnat qilishga majbur bo'layotganimizni hisobga olsak, bunday mag'lubiyat ikki karra alamli. Men o'yindan oldin ham asosan faqat standart vaziyatlardan gol urayotganimizni takidlagan edim. Biz etarlicha xavfli vaziyatlar yaratyapmiz, ammo ularni golga aylantirishda juda qiynalyapmiz", — dedi "Liverpul" bosh murabbiyi.

Ketma-ket ochko yo'qotishlar "Liverpul"ning chempionlik poygasidagi imkoniyatlarini yanada qiyinlashtirmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar