
"Hech kim chempionlikka loyiq emas"
Skoulzning fikricha, bu yilgi mavsumda birorta ham jamoa yorqin va ishonchli o'yin ko'rsata olmagan:
"O'tgan yillari kim chempion bo'lmasin, yakunda ular bunga haqli ekanini tan olardingiz. Ammo bu mavsumda hech kim meni Premer-liga chempioni bo'lishga munosib ekanligiga ishontira olmadi.
O'ylashimcha, bu yil trofeyni umuman hech kimga topshirmaslik kerak. Hech kim bunga loyiq emas. Rostini aytsam, bu mavsumni tomosha qilish unchalik ham qiziqarli bo'lmadi".
"Arsenal"dagi ulkan bosim
"Arsenal"ning imkoniyatlari haqida gapirar ekan, sobiq futbolchi londonliklarning ruhiy holatiga etibor qaratdi:
"Ularga ("Arsenal"ga) juda katta bosim tushmoqda, shunday emasmi? Buning sababi, ular so'nggi yillar davomida juda yaxshi poziciyalarda bo'lishdi, ammo so'nggi va eng muhim qadamni tashlay olishmadi. Shuning uchun hozir ular aql bovar qilmas holatda turishibdi.
Siz yorqin futbol ko'rmaysiz. Aytib o'tganimdek, butun mavsum davomida birorta jamoadan bunday o'yin ko'rmadik, ammo hozirgi bosqichda eng muhimi — ular so'nggi qadamni qanday tashlashidir", — dedi Skoulz "The Good, The Bad & The Football" podkastida.
Eslatib o'tamiz, ayni damda APL turnir jadvalida "Arsenal" 29 ta turdan so'ng 64 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda esa bitta o'yini zaxirada bo'lgan "Manchester Siti" 59 ochko bilan bormoqda.