
"Ularning kuchi tugamoqda"
Tramp ushbu ehtimoliy boykot masalasiga juda sovuqqonlik bilan qaradi:
"Menga buning umuman qizig'i yo'q. O'ylashimcha, Eron — tor-mor etilgan va mag'lubiyatga uchragan mamlakat. Ularning kuchi o'z nihoyasiga etmoqda", — dedi AQSH prezidenti.
Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi mundial AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tadi. Avvalroq Eronning Ispaniyadagi elchisi Reza Zabib barcha mojarolarga qaramay, Eron terma jamoasi musobaqaga borishga to'la haqli ekanini va turnirda ishtirok etishini takidlagan edi.