
Jamoa nazorat uchrashuvlari orqali tayyorgarlikni optimal darajaga olib chiqishga harakat qilyapti. Yorqin Nazarov shogirdlari bugun kunning birinchi qismida "Jayxun" bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Darvozalarga 4 ta gol urilgan o'yinda "Jayxun" 3:1 hisobida g'alaba qozondi. "Kattaqo'rg'on"ning o'yindagi yagona goliga Francis Narx mualliflik qildi. Samarqand klubi safida Ildar Mamatkazin, Davron Hoshimov, Behruz Asqarov, Sardor Qobuljonov kabi futbolchilar to'p tepdi.



