
Eslatib o'tamiz, dastlabki bahsda kataloniyaliklar 0:4 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi va shu tariqa umumiy hisobda turnirni tark etishdi.
Fantastik o'yin va kambekka bir qadam:
Flik jamoasining harakatlaridan faxrlanishini yashirib o'tirmadi:
"Barcha futbolchilar borini berib harakat qilishdi va fantastik o'yin o'tkazishdi. Shunchaki to'rtinchi golni urish nasib qilmadi, futbolda shunday bo'lib turadi.
Menda shunday his borki, agar biz ko'proq mana shunday o'yinlar o'tkazsak, bizni umuman to'xtatib qolishning iloji bo'lmaydi".
Jarohatlar muammosi:
Ajoyib o'yinga qaramay, uchrashuv davomida Jyul Kunde va Aleks Baldening jarohat olgani murabbiyning kayfiyatini tushirdi:
"Tarkibimizda yangi jarohat olganlar bor va men bundan hech ham xursand emasman, bu yaxshi holat emas. Biz tibbiy shtab va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar bilan jiddiy gaplashib olishimiz kerak: bir hafta ichida uch nafar futbolchimiz jarohat olishining oldini qanday qilib olishimiz mumkin edi?" — dedi Flik.
Shu tariqa, "Barselona" mo'jiza yaratishga juda yaqin keldi, ammo yakunda Ispaniya Kubogi bilan xayrlashdi. Endi jamoaning bor etibori La Liga va boshqa musobaqalarga qaratiladi.