Iroq JCH-2026 saralash o‘yinlari ishtirok etish uchun jiddiy muammoga duch keldi

  • Mr.NoBoDy 04.03.2026 11:22
  • 332
  • 30

Iroq futbol assosiasiyasi rasman bayonot berib, mart oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan qit’alararo saralash bosqichida ishtirok etishi kerak bo‘lgan jamoa bilan bog‘liq ikki muammoni ma’lum qildi:

— Jamoa jismonan mintaqani tark eta olmaydi, chunki harbiy harakatlar sabab qo‘shni davlatlardagi barcha aeroportlar yopilgan;

— Mintaqa mamlakatlaridagi Amerika Qo‘shma Shtatlari elchixonasi va Meksika elchixonasi faoliyati to‘xtatilgani bois delegasiyaning ayrim a’zolari viza olish imkoniyatiga ega emas.

Ma’lumot o‘rnida. Iroq milliy jamoasi AQSHda qisqa o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishni, shundan so‘ng Meksikaga uchib borib JCH-2026 yo‘llanmasi uchun qit’alararo saralash o‘yinida ishtirok etishni rejalashtirgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar