Mbappe norozi

  • Mr.NoBoDy 03.03.2026 08:56
  • 122
  • 30

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe klub shifokorlarining ishidan norozi bo'lmoqda, chunki tizza cho'zilish jarohatini davolashda muammolar yuzaga kelgan, deb yozadi Marca nashri

Ushbu vaziyatdan ko'ngli to'lmagan Mbappe o'tgan hafta klub rahbariyati ruxsati bilan Parijga borib, mahalliy mutaxassislar bilan maslahatlashdi. Shu sababli u Liga chempionining pley-off bosqichida "Benfika"ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yubordi. Hozirgi davolash rejasi jarrohlik amaliyotidan qochishga qaratilgan, chunki operaciya uni uzoq muddat safdan chiqarib qo'yishi mumkin.

"Real" hozircha o'yinchi qaytish muddatini rasman elon qilmayapti, lekin tiklanish jarayoni ijobiy kechayotganini takidlamoqda. Nazaryatga ko'ra, u Liga chempionining 1/8 finalida "Manchester Siti"ga qarshi o'yinlarga ulgurishi mumkin, ammo "shaharliklar" bilan birinchi o'yin (11 mart)da ishtirok etishi hali ham savol ostida.

Joriy mavsumda Mbappe "Real" safida barcha turnirlarda 33 o'yinda 38 ta gol urib, 6 ta golli uzatma bergan.

Ўхшаш янгиликлар