La Liga. "Real Madrid" o'z uyida "Xetafe"ga mag'lub bo'lib, chempionlik poygasida "Barselona"ni o'zidan uzoqlashtirdi

  • Mr.NoBoDy 03.03.2026 03:08
  • 739
  • 30

Ispaniya La Ligasining 26-turi doirasidagi Madridning "Real" hamda "Xetafe" o'yini yakunlandi.

"Real Madrid" - "Xetafe" 0:1

Gollar: 39 - Martin Satriano

"Real Madrid": 1. Tibo Kurtua, 22. Antonio Ryudiger, 4. David Alaba (24. Din Xyoysen, 55'), 18. Alvaro Fernandes, 14. Orelen Tchuameni (21. Braim Dias, 87'), 12. Trent Aleksander-Arnold (2. Daniel Karvaxal, 55'), 8. Federiko Valverde, 45. Tyago Pitarch (11. Rodrigo, 55'), 15. Arda Gyuler (30. Franko Mastantuono, 70'), 16. Gonsalo Garsiya, 7. Vinisius Junior.

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 43. Serxio Mestre, 20. Fransisko Garsiya, 23. Ferlan Mendi, 28. Xorxe Sestero, 37. Manuel Moran, 38. Sesar Palasios.

"Xetafe": 13. David Soriya, 17. Kiko Femeniya (23. Adrian Liso, 58'), 22. Domingush Duarte, 16. Diego Riko, 24. Said Romero, 21. Xuan Iglesias, 15. Sebastyan Boselli, 5. Luis Milya, 8. Mauro Arambarri, 19. Luis Vaskes (6. Mario Martin, 70'), 10. Martin Satriano (3. Abdelkadir Abkar, 90+1').

Zaxira: 1. Irji Letachek, 20. Velko Birmanchevich, 12. Allan Nom, 41. Xorxe Montes, 14. Xaver Munos, 18. Aleks Sankris, 44. Adrian Rikelme.

Ogohlantirishlar: 8 - Kiko Femeniya, 33 - Mauro Arambarri, 64 - Diego Riko, 68 - Din Xyoysen, 71 - Orelen Tchuameni, 79 - Adrian Liso, 84 - Martin Satriano, 90+3 - Alvaro Fernandes, 90+4 - Vinisius Junior, 90+7 - Adrian Liso

Chetlatish: 90+5 - Franko Mastantuono, 90+7 - Adrian Liso (ikkinchi sariq kartochka)


90+8. O'yin yakunlandi.

90+6. "Xetafe" jarima zarbasini amalga oshirdi, Kurtua ushlab oldi.

90+5. Franko Mastantuono qizil kartochka oldi. Pastdagi qatorning ikkinchi gapini qayta o'qing.

90+3. Din Xyoysen va Alvaro Karreras kelasi turni o'tkazib yuborishadi. ECHLga tayyorgarlik, shekilli)

90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Mastantuononing darvoza tomon tepgan to'pini Soriya qaytardi.

87. Buyog'iga "Real" vabankka boradi.

85. O'yin asosiy vaqti tugashiga 5 daqiqa qolganda Braim Dias maydonga tushishga tayyorlanmoqda. Shu paytda esa madridlik muxlislar stadionni tark etishmoqda.

79. Rodrigo o'tkir burchakdan boshi bilan to'pni markazga uzatdi, ammo to'pni bo'sh darvozaga yo'llaydigan futbolchi topilmadi... 

75. Ryudiger burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, birozgina noaniq bo'ldi.

74. Vinisiusning uzatmasidan so'ng to'p "Xetafe" himoyachisining qo'liga tegdi, biroq VAR bu vaziyatni penalti deya baholamadi.

71. "Santiago Bernabeu"ga 65 104 nafar muxlis tashrif buyuribdi.

66. Vini "Real" muxlislarini faolroq qo'llashga chaqirmoqda. 

65. "Real" markaziy hujumida muammo bor. Qanotdan havolatib uzatilayotgan to'plarni bosh bilan darvozaga yo'llaydigan futbolchi yo'q.

60. Valverdening bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

58. Vinisiusning uzatmasidan so'ng to'p Rodrigoga kelib tushdi, uning zarbasini himoyachilar qaytarishdi.

54. Madridliklar biryo'la uchta o'zgarish tayyorlamoqda. 

51. Pitarchning erlatib bergan zarbasi aniq bo'ldi, biroq Soriya o'z o'rnida.

50. Arambarri "Real" jarima maydonchasi ichida raqibdan to'pni olib qo'yib, darvoza tomon zarba berdi, Kurtua ushlab oldi to'pni!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

O'yinning dastlabki bo'limidan keyingi statistika:

To'p nazorati - 79% - 21%

Darvoza tomon zarbalar - 6 - 6

Aniq zarbalar - 4 - 1

Burchak zarbalar - 4 - 1

Uzatmalar aniqligi - 91% - 69%

Qo'polliklar - 3 - 13

Seyvlar - 0 - 4

45+6. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+2. Mbappe yo'q, Gonsalo mo'jizakor o'yin namoyish etmayotgan paytda ikki braziliyalik - Rodrigo va ijara asosida "Lion"ga ketqizilgan Endrikning o'rni bilinmoqda.

45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

42. Vinisiusning havolatib uzatgan to'pini Tchuameni boshi bilan darvozaga yo'lladi, Soriya esa to'pni ushlab oldi.

40. "Real" ketma-ket ikkinchi o'yinki o'z darvozasidan birinchi bo'lib to'p olib chiqmoqda. Avvalroq "Benfika"ga tezkor javob bera olgandi, xo'sh, bu safar-chi?

39. GOL! Satrianoning uzoq masofadan bergan zarbasi golga aylandi!

36. Yaxshi hujum yuzaga kelishi mumkin edi. Gyuler hujumni o'zi boshladi, Vini esa markazga - yana Ardaga qaytardi, u Trentga, angliyalik himoyachining pasini esa "Xetafe" azolari qaytarib yubordi. 

33. O'yin biroz sokinlashib qoldi. Oxirgi 10 daqiqada xavfli hujum ko'rmadik.

26. Ikki daqiqa ichida Ryudiger va Riko o'rtasida ikki marta to'qnashuv sodir bo'ldi. 

24. Arda ajoyib fint bilan raqib jarima maydonchasiga kirib borib, zarba berdi, Soriyadan seyv!

19. Fede bugun uzatmalarda faol. Bu safar jarima maydonchasiga uzatgan to'pi ancha kuchli bo'ldi, hech kim eta olmadi.

13. Vini!!! Birga-bir vaziyatga chiqib borib, to'pni darvozaga yo'lladi, biroq Soriya oyoqlari bilan to'p yo'nalishini o'zgartirib yubordi. Dahshat vaziyat!

13. Valverde Garsiyaga yaxshi pas berdi. Ammo Gonsaloning zarbasi sekin chiqdi, darvozabon ushlab oldi.

10. Rikodan xavfli zarba! To'p darvozaga etmasdanoq Trent qaytarib yubordi, sal qolsa hisob ochilishi mumkin edi!

8. Dastlabki 8 daqiqa ichida 5 tadan ko'p qo'pollik "Xetafe"da. Natijada o'ng qanot himoyachisi sariq kartochka "ishlab oldi".

6. Xo'p, o'yinga qaytamiz. Dastlabki daqiqalarda mehmonlar qo'pollik ishlatmoqda ko'p.

5. Mbappe va Bellingem lazaretda. Asosiy tarkibda Garsiya va Pitarch o'ynamoqda. Ammo Rodrigo zaxirada...

4. Kuni kecha "Barselona" g'alaba qozonib, peshqadamlikni mustahkamlab oldi. Agar bugun "Real" mag'lub bo'lsa yoki durang o'ynasa raqobatchisini o'zidan uzoqlashtirib yuboradi.

2. Dastlabki zarba Vinidan bo'ldi. Valverde uzatib bergan to'pni braziliyalik hujumchi o'ng oyoqqa to'g'rilab olib zarba berdi, ammo noaniq bo'ldi.

1. Uchrashuvga start berildi!

- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni "Real Madrid" va "Xetafe" qarama-qarshiligi matnli translyaciyasini kuzatib borishga taklif qilamiz!

Ўхшаш янгиликлар