
Avvalroq 26 yoshli serbiyalik futbolchi faoliyatini Turin klubida yoki "Barselona"da davom ettirmoqchi ekanligi xabar qilingan edi.
Tomonlarning poziciyasi va Di Marcio malumoti:
Taniqli insayder Janluka Di Marcio bergan malumotlarga ko'ra, birinchi uchrashuv har ikki tomon ham hamkorlikni davom ettirishga ochiq ekanligini ko'rsatdi. Garchi yakuniy qaror hali qabul qilinmagan bo'lsa-da, tomonlar kelishuvga erishish yo'llarini izlamoqda va yaqin orada yana uchrashishni rejalashtirmoqda.
"Yuventus" futbolchining shartnomasini faqat o'z shartlari asosida uzaytirishga tayyor ekanligini aniq bildirdi. Vlaxovich esa, o'z navbatida, uning uchun birinchi o'rinda aynan turinliklarning taklifini ko'rib chiqish ustuvor vazifa ekanligini takidladi.
Boshqa klublar bilan kelishuv yo'q:
Takidlanishicha, serbiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi yakuniga etib borayotganiga qaramay, u hozircha hech qaysi boshqa jamoa bilan hech qanday kelishuvga erishmagan. Shu sababli Dushan vaziyatni otasi va muzokaralardagi boshqa vakillari bilan muhokama qilib, yaqin kunlarda "Yuventus" mutasaddilari bilan yana muzokaralar stoliga o'tiradi. Har ikki tomon ayni paytda yangi bitim bo'yicha moliyaviy konsensusga erishish uchun say-harakatlarni amalga oshirishga tayyor.