
Mo'jiza ro'y beradimi?
Eslatib o'tamiz, tomonlar o'rtasidagi dastlabki bahsda madridliklar 4:0 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritishgan edi. Bugun, 3 mart kuni "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadigan hal qiluvchi javob o'yini oldidan braziliyalik futbolchi o'zining sahifasida quyidagicha qisqa va tasirli post qoldirdi:
"1 foiz ehtimollik, 99 foiz ishonch. Biz sizlarga suyanamiz".
Ko'rinishidan, kataloniyaliklar o'z maydonida aql bovar qilmas kambekni amalga oshirishga va final yo'llanmasini ilib ketishga jiddiy ishonmoqda.