Finalissima-2026 xavf ostida: Argentina va Ispaniya o'yini Qatardan boshqa davlatga ko'chirilishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 02.03.2026 22:56
  • 119
  • 30

Yaqin Sharqdagi qurolli to'qnashuvlar va notinch siyosiy vaziyat sababli Argentina va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi Finalissima-2026 uchrashuvi Qatarda o'tkazilmasligi ehtimoli katta.

Muammo nimada?

Amerika Kubogi-2024 hamda Evro-2024 g'oliblari o'rtasidagi o'yin 27 mart kuni Qatarda o'tishi belgilangan edi. Biroq, Eron tomonidan AQSH va Isroil zarbalariga javoban Fors ko'rfazidagi Amerika bazalariga hujumlar uyushtirilayotgani mintaqadagi xavfsizlikni so'roq ostida qoldirdi. Avvalroq bu bahs xavfsizlik nuqtai nazaridan umuman o'tkazilmasligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

Federaciyalar muzokaralarni boshladi:

Argentinalik jurnalist Veronika Brunatining malumotlariga ko'ra, hozirda Ispaniya va Argentina futbol federaciyalari o'yinni boshqa xavfsizroq joyga ko'chirish ustida qizg'in muzokaralar olib bormoqda. Har ikki davlat mutasaddilari yuzaga kelgan vaziyatni baholab, turnir uchun yangi va muqobil variantlarni ko'rib chiqishyapti.

Hozircha FIFA yoki federaciyalar tomonidan rasmiy bayonot berilgani yo'q. Ammo harbiy mojarolar fonida dastlabki rejalar va o'yin manzili jiddiy tarzda qayta o'rganilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар