Angliya kubogi o'yini to'r teshilishi sababli kech boshlandi

  • Mr.NoBoDy 14.02.2026 19:00
  • 203
  • 30

Angliya kubogi doirasidagi "Berton Albion" – "Vest Xem" o'rtasidagi uchrashuv boshlanishi darvoza to'ridagi teshik sabab kechiktirildi.

Shanba kuni "Pirelli" stadionida bo'lib o'tishi lozim bo'lgan to'rtinchi raund bahsi mahalliy vaqt bilan soat 12:15 da start olishi kerak edi.

Biroq masullar "Vest Xem" darvozaboni Alfons Areola ortidagi to'rda muammo borligini payqab, o'yinni vaqtincha to'xtatishga majbur bo'lishdi.

Oqibatda teshik bog'lab qo'yildi va uchrashuv rejalashtirilgan vaqtdan taxminan to'rt daqiqa kech boshlandi.

Qizig'i, ushbu kechikish "Vest Xem" muxlislarining o'yin oldidan o'tkazgan norozilik akciyasiga ham ko'proq etibor qaratilishiga sabab bo'ldi.

Pirelli stadioni ustida banner ilib uchgan samolyot parvoz qildi. Bannerda quyidagi yozuv bor edi:
"Sullivan & Brady out – no more BS" ("Sallivan va Breydi ketsin – bas qiling, etarli bo'ldi").

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar