"Manchester Yunayted" himoyachisi A Seriyaning top-klublariga o'tishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 16.01.2026 13:16
  • 498
  • 30

MYU futbolchisi Harri Maguayr yanvar oyidayoq jamoani tark etishi ehtimoldan xoli emas.

Italiyalik jurnalist va insayder Marko Konterio ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida bergan malumotga ko'ra, "Manchester Yunayted"ning 32 yoshli himoyachisi A Seriyaning bir nechta klublari uchun jozibali transfer maqsadiga aylangan.

Manbaga ko'ra, "Inter", "Napoli" va "Fiorentina" kabi jamoalar Maguayrni safiga qo'shib olishga qiziqmoqda. Biroq himoyachi uchun asosiy davogar sifatida "Napoli" ko'rsatilmoqda — neapolliklar futbolchining vakillari bilan dastlabki muzokaralarni boshlab yuborgan.

Qayd etilishicha, Maguayrning o'zi ham Manchesterni tark etib, yangi chaqiruvlarni izlashga tayyor va aynan shu qishki transfer oynasida yangi klubga o'tishga qarshi emas.

Angliyalik futbolchi 2019 yilda "Lester"dan "Manchester Yunayted"ga 87 mln evro evaziga o'tgan. MYU safida bo'lgan davrida Maguayr jami 256 o'yin o'tkazib, 17 ta gol urgan va 9 ta golli pas uzatgan. Himoyachi joriy mavsum jamoa tarkibida 10 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta assist qayd etgan.

Maguayrning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar