"Manchester Yunayted”, "Real" va "Arsenal" greciyalik futbolchi uchun davogar

  • Mr.NoBoDy 11.01.2026 15:00
  • 873
  • 30

Greciyaning "Olimpiakos" klubi xovbeki Xristos Muzakitis transfer bozorida xaridorgir bo'lib turibdi.

Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda. Jurnalistga malum bo'lishicha, 19 yoshli ijrochi xizmatiga Evropaning bir qator klublari, xususan "Manchester Yunayted”, "Real”, "Arsenal" va yana bir qancha jamoalar qiziqish bildirmoqda.

Greciyaliklar yarim himoyachini sotishdan 40 million evro ishlab olmoqchi. Xristosning o'zi bu qishda jamoani tark etishga tayyor.

Muzakitisning bozor narxi 25 million evroni tashkil etadi. Futbolchining "Olimpiakos" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga etadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar