
«Arsenal» Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrikni qishki transferlar oynasida o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.
TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, londonliklar 20 yoshli braziliyalik futbolchining vakillari bilan aloqani davom ettirmoqda. «Arsenal» Endrikni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.
Biroq «Real» futbolchini to‘liq sotish niyatida emas. Madridliklar faqat sotib olish shartisiz ijara variantini ko‘rib chiqishga tayyor.
Joze Mourinyo boshqaruvida Endrik yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. U joriy mavsum La Ligada atigi bir marta asosiy tarkibda maydonga tushgan, «Barselona»ga qarshi «el-klasiko»da esa zaxirada qolgan.
Braziliyalik hujumchiga «Milan» va «Roma» ham qiziqish bildirmoqda. Italiya klublari uni sotib olish huquqisiz ijaraga olishga rozi ekani aytilmoqda.
Kilian Mbappe, Vinisius Junior va Yan Diomande bilan raqobat Endrikning muntazam o‘ynash imkoniyatini cheklamoqda. Shu bois qishdagi ijara transferi uning faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.