«Barselona» 30 million yevrolik himoyachi uchun muzokara o‘tkazdi

  • Mr.NoBoDy31.10.2026 15:26
  • 24
  • 30

«Barselona» qishki transferlar davrida markaziy himoyani kuchaytirish maqsadida «Betis» futbolchisi Natanga qiziqish bildirmoqda.

Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar 25 yoshli braziliyalik himoyachining ehtimoliy transferi yuzasidan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan.

«Barselona» Natanni boshqa nomzodlarga nisbatan moliyaviy jihatdan maqbulroq variant deb hisoblamoqda. Uning transfer qiymati 30 million yevroga baholangan.

Braziliyalik futbolchi 2025 yil yozidan buyon «Betis» sharafini himoya qilmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yil iyunigacha amal qiladi.

Ўхшаш янгиликлар