
«Barselona» qishki transferlar davrida «PSJ»ning markaziy himoyachisi Vilyan Pachoni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar 25 yoshli ekvadorlik futbolchini xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Biroq ular jiddiy raqobatga duch kelishi mumkin.
Pachoga «Arsenal» va «Manchester Siti» ham qiziqish bildirmoqda.
Ekvador terma jamoasi a’zosi 2024 yil avgustidan buyon «PSJ»da o‘ynaydi. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2031 yil iyunigacha amal qiladi.
Himoyachining bozor qiymati 80 million yevroga baholanmoqda.