«Real» Angliyadan yangi markaziy himoyachi topdi

  • Mr.NoBoDy31.10.2026 13:13
  • 24
  • 30

«Real» «Chelsi»ning 20 yoshli markaziy himoyachisi Josh Achimpongni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, angliyalik futbolchi London klubi bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmayapti. Vaziyatdan foydalanishga intilayotgan «Real» va «Bavariya» unga qiziqish bildirmoqda.

«Chelsi» Achimpongni 40–50 million yevroga baholamoqda. Futbolchining bozor qiymati esa 30 million yevroni tashkil etadi.

Himoyachi 2024 yildan buyon «Chelsi» asosiy jamoasida o‘ynamoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil iyunigacha mo‘ljallangan.

Ўхшаш янгиликлар