"Tottenxem" 26 yoshli italiyalik himoyachiga jiddiy qiziqmoqda

  • Mr.NoBoDy31.10.2026 10:39
  • 30
  • 30

"Tottenxem" "Yuventus"ning qanot himoyachisi Andrea Kambyasoni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Calciomercato ma’lumotiga ko‘ra, londonliklar 26 yoshli italiyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq "Yuventus"ning moliyaviy talablari transferga to‘sqinlik qilyapti.

Turinliklar Kambyaso uchun 30–40 million yevro talab qilmoqda.

Himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 8 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta golli uzatma bergan. Uning "Yuventus" bilan shartnomasi 2029 yil iyunigacha amal qiladi.

Ўхшаш янгиликлар