
«Borussiya» Myonxengladbaxning 17 yoshli yarim himoyachisi Vael Moxia Yevropaning bir qator yirik klublari e’tiborini tortmoqda.
El Nacional ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» va «Real» germaniyalik iqtidorga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, «Bavariya», «Liverpul», «PSJ» va Dortmundning «Borussiya» klubi ham futbolchini kuzatmoqda.
Myonxengladbaxliklar Moxiani kamida 35 million yevroga baholamoqda.
Hujumkor yarim himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 9 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol va 1 ta assist qayd etgan.