«PSJ» «Barselona»ning muhim futbolchisini sotib olmoqchi

  • Mr.NoBoDy31.10.2026 13:26
  • 15
  • 30

«PSJ» «Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopesni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.

Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar Parij klubining 23 yoshli ispaniyalik futbolchiga qiziqishidan xabardor.

Fermin bosh murabbiy Xans-Diter Flik rejalarida muhim o‘rin tutadi. Uning «Barselona» bilan shartnomasi 2031 yil yozigacha amal qiladi.

Biroq klubning moliyaviy ahvoli rahbariyatni ayrim asosiy futbolchilarni sotish masalasini ko‘rib chiqishga majbur qilishi mumkin.

Lopes joriy mavsumda La Liganing 9 ta o‘yinida 4 ta gol va 3 ta assist qayd etgan.

Ўхшаш янгиликлар