«Bavariya» Keynga uzoq muddatli o‘rinbosar topdi

  • Mr.NoBoDy31.10.2026 15:13
  • 15
  • 30

«Bavariya» Garri Keynning kelajakdagi o‘rinbosari sifatida «Monako» hujumchisi Paris Brunnerni ko‘rib chiqmoqda.

Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, myunxenliklar 20 yoshli nemis futbolchisini sotib olish uchun asosiy da’vogar hisoblanadi.

Biroq Brunnerga «PSJ», «Arsenal» va «Barselona» ham qiziqish bildirmoqda. Shu bois yosh hujumchi uchun transfer raqobati kuchayishi mumkin.

Brunner 2024 yil avgustidan buyon «Monako» sharafini himoya qiladi. Uning shartnomasi 2027/28 yilgi mavsum yakunigacha amal qiladi.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар