
«Barselona» qishki transferlar davrida himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklarning asosiy maqsadi tajribali markaziy himoyachi sotib olishdir. Shu bilan birga, klub qanot himoyachisini xarid qilish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.
«Barselona» rahbariyati «Tottenxem» futbolchisi Pedro Porroni o‘z safiga qo‘shib olishni istaydi. Biroq uni yanvarda sotib olish juda qiyin bo‘lishi kutilmoqda.
Xans-Diter Flik shogirdlari La Ligada 10 turdan keyin 27 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
«Barselona» 1 noyabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da «Alaves»ni qabul qiladi.