«Atletiko» Devid uchun 25 million yevroni to‘rt yilda to‘lashi mumkin

  • Mr.NoBoDy31.10.2026 15:26
  • 12
  • 30

«Atletiko» «Yuventus»ga tegishli hujumchi Jonatan Devidni to‘liq sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, madridliklar 26 yoshli futbolchining transferi uchun taxminan 25 million yevro to‘lashi mumkin. Mazkur mablag‘ni to‘rt yil davomida bo‘lib to‘lash rejalashtirilmoqda.

Ayni paytda «Atletiko» Devid maoshining 60 foizini qoplamoqda, qolgan qismini esa «Yuventus» to‘lamoqda. Madrid klubi hujumchining kelajagi bo‘yicha yaqin orada yakuniy qaror qabul qilishi kutilmoqda.

Devid joriy mavsumda «Atletiko» safida 8 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol va 2 ta assist qayd etgan.

Ўхшаш янгиликлар