
"Monako" yarim himoyachisi Lamin Kamara Angliyaning ikki yirik klubi e’tiborini tortmoqda.
ESPN nashrining xabar berishicha, "Liverpul" 22 yoshli senegallik futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan. Mersisaydliklar Kamaraning kelajagiga oid rejalardan xabardor qilib turishni so‘ragan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining yanvar oyida boshqa klubga o‘tishi istisno qilingan. Shu bois "Liverpul" uni kelasi yozgi transferlar davrida qo‘lga kiritish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Kamara o‘tgan yozda 55 million yevro evaziga "Chelsi"ga o‘tishi mumkin edi. Biroq muzokaralar yakunida transfer amalga oshmay qolgan. Shunga qaramay, londonliklar yarim himoyachini sotib olish niyatidan voz kechmagan.
Joriy mavsumda Lamin Kamara "Monako" safida 12 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etgan.