
"Arsenal" sardori Martin Edegor kelasi yozda London klubini tark etishi mumkin.
Sky Sport nashrining xabar berishicha, "kanonirlar" 27 yoshli norvegiyalik yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirishdan manfaatdor. Biroq tomonlar kelishuvga erisha olmasa, klub futbolchini sotish variantini ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi.
Edegorning amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Shu sababli "Arsenal" uni bir yil o‘tib erkin agent sifatida tekinga yo‘qotmaslik uchun 2027 yil yozida transferga qo‘yishi mumkin.
Manbaning ta’kidlashicha, norvegiyalik futbolchi Londondan ketadigan bo‘lsa, "Bavariya"ga o‘tishni afzal ko‘rishi ehtimol.
Myunxenliklar Edegorni qo‘lga kiritishga asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda. Avvalroq "PSJ" ham futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.