"Liverpul" va "Barsa" rossiyalik futbolchiga qiziqayotgani tasdiqlandi

  • Mr.NoBoDy30.10.2026 10:52
  • 0
  • 30

"Galatasaroy"ning hujumkor yarim himoyachisi Aleksey Batrakov Yevropaning ikki yirik klubi transfer rejalariga kiritilgan.

Britaniyaning TEAMtalk portali "Liverpul" va "Barselona" 21 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirayotganini tasdiqladi.

Avvalroq mersisaydliklar vakillari Batrakovning o‘yinini bevosita kuzatish maqsadida "Galatasaroy"ning Chempionlar ligasidagi navbatdagi uchrashuviga tashrif buyurishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Manbaning ta’kidlashicha, "Barselona" ham yarim himoyachining holatini diqqat bilan kuzatmoqda. Uning shartnomasida belgilangan 55 million yevrolik tovon puli kataloniyaliklar uchun maqbul variant sifatida ko‘rilmoqda. Bu klubga moliyaviy qiyinchiliklar sharoitida uzoq transfer raqobatiga kirishmasdan, futbolchini qo‘lga kiritish imkonini berishi mumkin.

Batrakov joriy mavsumda "Galatasaroy" safida barcha musobaqalar doirasida 10 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etgan.

E’tiborlisi, rossiyalik futbolchi Chempionlar ligasidagi gollaridan birini aynan "Barselona" darvozasiga urgan.

Ўхшаш янгиликлар