
Turkiyalik yulduz yarim himoyachi Hoqon Chalxano‘g‘lining «Inter» bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. Shu bois futbolchi Italiyaning boshqa bir klubiga o‘tishi mumkin.
Insayder Ekrem Konur ma’lumotlariga ko‘ra, 32 yoshli futbolchining xizmatlariga Turinning «Yuventus» klubi qiziqish bildirmoqda. «Keksa sinyora» transferni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki qadamlarni tashlamoqda. Tomonlar o‘rtasidagi aniq muzokaralar qishki transfer oynasi davomida o‘tkazilishi kutilmoqda.
Chalxano‘g‘li 2021 yilning yozidan buyon «Inter» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyining oxirigacha mo‘ljallangan.
Futbolchining transfer qiymati 16 million yevroga baholanmoqda.
Chalxano‘g‘li joriy mavsumda Italiya chempionatida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.